Kaloriya kundaligi · 15 kun bepul

Taxmin emas.Aniq hisob.

Har bir gramm bazadan hisoblanadi. Kaloriya, oqsil, yog‘ va uglevod bir qarashda.

MEZON: mahsulot qidiruvi ekrani
MEZON: statistika ekrani, kaloriya, vazn va makrolar
MEZON: kundalik ekrani, qolgan kaloriya va makro halqalari

Uch qadamda
kun aniq.

  1. Maqsadni belgilang

    Yosh, bo‘y, vazn va faollikni kiriting. MEZON kunlik kaloriya va makro normangizni hisoblaydi.

  2. Ovqatni qo‘shing

    Mahsulotni qidiring, shtrix-kodni skanerlang yoki o‘z taomingizni yig‘ing.

  3. Natijani ko‘ring

    Halqalar to‘ladi, suv va vazn ham yonma-yon. Kun oxirida hammasi aniq.

Kerakli hamma narsa.
Ortiqchasi yo‘q.

Qoldi 576 kkal

  • Oqsil 98 / 125 g
  • Yog‘ 41 / 65 g
  • Uglevod 162 / 225 g

Makro halqalari

Kunlik norma va qolgan kaloriya bir qarashda. Norma oshsa, ilova tanbeh bermaydi, yumshoq ogohlantiradi.

1,4 l2,1 l dan

Suv balansi

Bir bosishda stakan qo‘shing. Norma vazningizga qarab taklif qilinadi.

O‘z taomingiz Yangi

Uy ovqatlari ham aniq hisobda: masalliqlarni qo‘shing, kaloriya va makrolar o‘zi yig‘iladi. Keyingi safar taom qidiruvda chiqadi.

O‘z taomingiz: masalliqlardan yig‘ilgan taom
AI-yordamchi

Raqamlaringizni
biladigan AI.

Har bir ovqat, suv va vazn yozuvini ko‘radi. Umumiy maslahat emas, sizning haftangiz bo‘yicha aniq xulosa.

Nega vaznim joyida turibdi?

Hafta oxirlari o‘rtacha +480 kkal. Ish kunlari reja bo‘yicha. Shanba kechki ovqatini yengillashtirib ko‘ring.

AI-yordamchi ekrani: kundalik ustida ochilgan suhbat

15 kun bepul.
Keyin o‘zingiz tanlang.

Sinov davrida hamma imkoniyatlar ochiq. Keyin 1, 6 yoki 12 oyga to‘laysiz.

Karta bog‘lanmaydi, avtomatik to‘lov yo‘q. Muddat tugagach, o‘zingiz uzaytirasiz.

Ko‘p beriladigan savollar

15 kun to‘liq bepul, karta so‘ralmaydi. Keyin 1, 6 yoki 12 oylik muddatni tanlaysiz.

Mahsulotlar tekshirilgan bazadan: 100 g dagi kaloriya, oqsil, yog‘ va uglevod. Siz grammni kiritasiz, qolganini MEZON hisoblaydi. Suratdan taxmin qilinmaydi.

«O‘z mahsulotim» orqali qadoqdagi ma’lumotni kiriting yoki shtrix-kodni skanerlang. Uy ovqatlarini masalliqlardan yig‘ish mumkin.

Yo‘q. Kartadan avtomatik pul yechilmaydi: to‘langan muddat tugaganda, xohlasangiz uzaytirasiz.

iPhone (App Store) va Android (Google Play). Ma’lumotlar akkauntingizga bog‘langan, telefonni almashtirsangiz ham saqlanadi.

Bugundan aniq
hisoblang.

Yuklab oling: 15 kun bepul. Karta ma’lumotlari shart emas.